Jamoat transporti uchun QQS imtiyozlari bekor qilinadi
Jamiyat
−
19 Sentabr
42992025 yil 1 yanvardan jamoat transporti uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi. Prezidentning tegishli farmonida shu nazarda tutiladi.
Kecha, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq va bojxona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-140-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan yo‘lovchilarni yagona tariflar bo‘yicha tashish xizmatlarini ko‘rsatish aylanmasi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi.
Shu bilan birga, yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilish tarzidagi imtiyozni bekor qilgan holda, mazkur yer uchastkalari bo‘yicha soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq turoperatorlik, mehmonxona va ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytarilishi xabar qilingan edi.
LiveBarchasi