Avtobusda kasallik yuqtirib olish xavfi kattami?

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan 8 iyundan "sariq" va "yashil" hududlarda jamoat transporti faoliyatiga ruxsat berilgan edi.

Belgilangan talablarga rioya qilib jamoat transportidan foydalanilsa kasallik yuqishini oldini olish mumkin. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi shtabida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ma’lum qildi.

8 iyundan avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Odamlarni kasallik yuqtirib olish xavfi katta emasmi?

"Jamoat transportlariga quyidagi talablar belgilangan:

– transport vositasini yakuniy yo‘nalish nuqtasida dezinfeksiya qilish;

– avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqoblardagi yo‘lovchilarni kiritish;

– haydovchilarni tibbiy qo‘lqop va tibbiy niqoblar bilan ta’minlash hamda ularning muntazam ravishda o‘z vaqtida almashtirib borilishi choralarini ko‘rish.

Kasallikni oldini olish va karantin tadbirlariga amal qilish o‘z qo‘limizda. Ilmiy asoslangan va barcha uchun oddiy bo‘lgan gigiyena qoidalariga amal qilish orqali kasallikdan himoyalanish mumkin", deydi Botir Qurbonov.

Avvalroq, Toshkentdagi ayrim avtobus yo‘nalishlarida karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzilishi kuzatilgani haqida xabar berilgan edi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Avtobus jamoat transporti Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing