Avtobusda qizning yuziga tupurgan erkak qamaldi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent shahrida erkak avtobusda janjal ko‘tarib, qizning yuziga tupurgani xabar qilingandi. Mazkur holatni sodir etgan shaxs 10 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjatlari bilan tanishdi.

Holat joriy yilning 28 noyabr kuni taxminan soat 17:30 larda Uchtepa tumani hududida harakatlanayotgan avtobusda yuz bergan. Yo‘lovchilar 1992 yilda tug‘ilgan B.O. hamda 2001 yilda tug‘ilgan M.S.lar o‘rtasida og‘zaki tortishuv vujudga kelgan va B.O. qizning yuz qismiga tupurgan va turli xil so‘zlar bilan so‘kingan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan fuqaro B.O.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudiga yuborilgandi.

Kecha, 3 dekabr kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida mazkur huquqbuzarlik ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, huquqbuzar B.O. yuqorida qayd etilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 10 (o‘n) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shuningdek B.O. hisobidan Toshkent shahar IIBB Maxsus Qabulxona foydasiga 562 ming so‘m undirilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Farg‘ona shahrida avtobusni majburan to‘xtatib, jamoat tartibini buzgan shaxs 5 sutkaga qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Avtobus qiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing