Avtobus haydovchisini haqoratlagan shofyor javobgarlikka tortildi (video)
3-sahifa
−
02 noyabr
6349Farg‘ona viloyatida yo‘lovchi tashuvchi avtobus Spark’ning yo‘lini to‘sib qo‘ygani uchun avtomashina haydovchisi avtobus haydovchisi va yo‘lovchilarni haqoratladi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat joriy yilning 30 oktyabr kuni O‘zbekiston tumani Sulaymon mahallasida sodir bo‘lgan. Yo‘lovchi tashuvchi avtobus fuqaroning boshqaruvidagi Spark avtomashinasining yo‘lini to‘sib qo‘ygan. Bunga javoban yengil avtomobildagi 2 nafar shaxslar avtobus haydovchisi hamda yo‘lovchilariga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lgan.
Mazkur shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) tartibida hujjatlar rasmiylashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda haydovchilar yo‘l o‘rtasida janjallashgandi. Ularga nisbatan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etilgan.
LiveBarchasi