Qozog‘iston poytaxtida jamoat transporti faoliyati qayta tiklandi
Olam
−
14 may 2020
6823Qozog‘iston Respublikasida favqulodda holat bekor qilinganidan keyin Nur-Sulton shahrida jamoat transporti harakati qayta tiklandi. Bu haqda “City Transportation Systems” (CTS) boshqaruvi raisi Bekmirza Igenberdinov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, jamoat transporti yangi jadval bo‘yicha qatnaydi. Ular soat 07:00 dan 21:00 gacha, yo‘lovchilar salon sig‘imining 50 foiz miqdoridan ko‘p bo‘lmagan holda harakatlanadilar. Yo‘lovchi tashishning birinchi kuni 146 907 odam jamoat transportidan foydalandi.
“Kecha, 13 may kuni yo‘lovchilar oqimi 205 295 kishini, shu jumladan, 3686 talaba va 48 418 nafar imtiyozli yo‘lovchilarni tashkil etdi. Karantin joriy etilgunga qadar yo‘lovchilar soni 762 ming kishini tashkil etardi“, deydi CTS boshqaruvi raisi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda joriy yilning 15 aprel kuni favqulodda holat joriy qilingan edi. Ushbu rejim 11 may kuni bekor qilindi.
LiveBarchasi