Italiyada eko-faollar IIV binosi oldida go‘ng to‘pladi
Olam
−
22 noyabr
2206Extinction Rebellion harakati a’zolari bo‘lgan eko-faollar Italiya Ichki ishlar vazirligi binosi yaqinida go‘ng to‘kib, lager qurdi. Bu haqda “Corriere della Sera” xabar berdi.
Qayd etilishicha, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashayotgan harakat a’zolarining yuzdan ortiq vakili vazirlik binosi oldidagi trotuarga go‘ng tashlagan va bir nechta lagerlar qurgan.
Namoyishchilar ekologik masalalar bilan bog‘liq shiorlarni baland ovozda aytib, mehnat joylari va huquqlarini talab qilgan. Namoyish joyiga politsiya xodimlari yetib kelgan va faollar identifikatsiya qilish uchun bo‘limga olib ketilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqining bir qator mamlakatlarida davom etayotgan fermerlarning noroziliklari sababli ularga yangi imtiyozlarni taklif qilgandi. Ungacha Yevropaning ko‘plab davlatlaridan kelgan fermerlar katta yo‘llarni to‘sib, keng ko‘lamli namoyishlar o‘tkazgandi. Ushbu noroziliklar biznesga o‘n millionlab yevro zarar keltirgan.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi