Isroilda Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi
Olam
−
30 aprel 2023
4433Kecha, 29 aprel kuni kechqurun Isroilda sud islohoti va Netanyaxu hukumatiga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Shu masala borasida aholi noroziligini bildirayotgan 17-hafta edi. Bu haqda mahalliy “13-kanal” xabar berdi.
Aytilishicha, mamlakatning 150 ga yaqin aholi punktlarida namoyish uyushtirilgan. O‘n minglab odamlarni birlashtirgan aksiyalar Hayfa, Kfar Sava va Netanyada bo‘lib o‘tgan. Isroilning boshqa o‘nlab shaharlarida ham kichikroq namoyishlar o‘tkazilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Tel-Avivda namoyishga 100 mingga yaqin odam to‘plangan. Mahalliy ommaviy axborot vositalari esa poytaxtdagi mitingda 209 mingga yaqin odam qatnashganini xabar qilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq ham Isroilda sud islohotiga qarshi bir necha bor namoyishlar bo‘lib o‘tgan, Pentagon rahbarining mamlakatga tashrifi ham mitinglar bilan boshlangandi. Norozilik aksiyalari mamlakat tashqarisida ham kuzatilgan, xususan, Bosh vazir Netanyaxuning Londonga safari davomidi bir guruh namoyishchilar rasmiy tadbirlar bo‘ladigan manzillar atrofida paydo bo‘lib, Netanyaxuni haqorat qildi. Norozilikning oshishi ortidan Isroil Prezidenti Isxak Gersog hukumatni sud tizimini isloh qilishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi. Shundan so‘ng, Binyamin Netanyaxu sud-huquq islohotlari to‘xtatilishini ma’lum qildi.
LiveBarchasi