Isroilda Eron josusi qo‘lga olindi

Olam

image

Isroilning Ashkelon shahrida istiqomat qiluvchi Moti Maman Eron razvedkasi bilan hamkorlik qilganlikda gumonlanib, hibsga olingan. Bu haqda Isroil xavfsizlik xizmatiga (“Shin-Bet”) tayanib, "The Jerusalem Post" xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Moti Maman Eron foydasiga josuslik qilishda, Isroilda hujumlarni rejalashtirishda ayblangan. U “Shin-Bet” va Isroilning “Lavah” 433-milliy jinoyatchilik bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan qo‘shma operatsiyada hibsga olingan. 

Avgust oyida hibsga olingan 73 yoshli gumonlanuvchi haqida Isroil ommaviy axborot vositalariga 19 sentyabrga kelibgina ma’lum qilingan. 

"Eronning Isroil agentlarini yollash va ularni Isroilda faollashtirishga urinishlari yangilik emas. Yillar davomida ko‘plab voqealar sodir bo‘ldi, fitnalar to‘xtatilib, josuslar hibsga olindi. Bunda “Shin-Bet” xavfni zarar yetkazilishidan oldin aniqlashga muvaffaq bo‘ldi", deydi Maariv Reyhman universitetining Milliy barqarorlik bo‘limi rahbari Lior Akerman.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, Mudofaa vaziri Yoav Galant va "Shin-Bet" rahbari Ronen Bar ham ushbu ma’lumotni tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, 3 avgust kuni Britaniyaning “The Daily Telegraph” gazetasi o‘z manbalariga tayanib, Isroil razvedka xizmati “Mossad” Tehrondagi HAMAS siyosiy byurosi rahbari istiqomat qilayotgan mehmon uyiga portlovchi moslamalarni joylashtirish uchun Eron xavfsizlik xizmati xodimlarini yollaganini da’vo qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil Moti Maman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing