Isroil Yamandagi elektr stansiyalari va portlariga havo hujumi uyushtirdi

Olam

image

Kecha, 10 yanvar kuni Isroil Yamanning husiylar nazoratidagi poytaxti Sano shahridagi elektr stansiyalari va portlariga havo hujumi uyushtirdi. Bu haqda "Al-Jazeera" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, hujum oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan va bir necha kishi yaralangan. Husiylarga tegishli “Al-Masirah” telekanali 10 yanvar kuni havo hujumlari g‘arbiy Ras-Iso va Xodeyda portlari, Sano yaqinidagi Hizyaz markaziy elektr stansiyasi va Amron viloyatining Harf Sufyon tumaniga berilganini ma’lum qildi.

Hizyay elektr stansiyasining 3 nafar ishchisi jarohatlangan va stansiyaga berilgan 13 zarbada bir qancha uylar vayron bo‘lgan.

Isroil armiyasi o‘z zarbalarini tan olib, elektr stansiyasi “Husiy terrorchi rejimining harbiy faoliyatida markaziy energiya manbai bo‘lib xizmat qilgan”, deb da’vo qilgan.

"Isroil davlati o‘zini himoya qilish huquqiga va majburiyatiga ega", deya qo‘shimcha qilingan Isroil tomoni husiylar uyushtirilgan dron va raketa hujumlariga javobga ishora qilib.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil armiyasi Yaman poytaxti Sano shahridagi aeroportga zarba bergandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Yaman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing