Isroil va AQSH Eronning yirik hujumiga tayyorlanmoqda – OAV
Olam
−
02 avgust
8682Oq uy rahbari Jo Bayden ma’muriyati Eron HAMAS siyosiy yetakchisi Ismoil Xoniyaning Tehronda o‘ldirilishi tufayli o‘ch olish uchun Isroilga hujum qilmoqchi ekanligiga ishonchi komil va ehtimoliy urushga tayyorlanmoqda. Bu haqda mamlakat rasmiylariga tayanib, “Axios” yozmoqda.
“Qo‘shma Shtatlar hukumati Eron yaqin kunlarda Isroilga hujum qilishiga ishonchi komil”, deya yozgan nashr.
Prezident Bayden Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni telefon orqali Qo‘shma Shtatlar uni Erondan keladigan barcha tahdidlarga qarshi qo‘llab-quvvatlashiga ishontirgan. Suhbat chog‘ida siyosatchilar, shuningdek, Isroilga raketa hujumlari va uchuvchisiz samolyotlardan o‘zini himoya qilish imkonini beradigan AQSH harbiy yordamini muhokama qilgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil armiyasi shay holatga keltirilgan.
“Biz har qanday holatga tayyormiz. Isroil har qanday ssenariyga - ham mudofaa, ham hujumga juda yuqori darajada tayyor”, degan Bosh vazir Netanyaxu.
Ma’lumot uchun, Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy HAMAS harakati Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniyaning joriy yil 31 iyul kuni Tehronda o‘ldirilgani uchun Isroil qattiq jazoga tortilishini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Ismoil Xoniya ko‘p vaqt oldin jang maydonida o‘zining qimmatli hayotini qurbon qilishga va bu yo‘lda ko‘plab qarindoshlari hamda do‘stlarini yo‘qotib, shahid bo‘lishga tayyor bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xoniya Tehrondagi o‘zi istiqomat qilayotgan mehmonxonaga yashirincha olib kelingan hamda o‘rnatilgan portlovchi qurilma ishga tushishi oqibatida halok bo‘lgani xabar qilingandi. Shundan so‘ng, Qatar poytaxti Doha shahridagi Imom Muhammad bin Abdulvahhob masjidida uning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi.
LiveBarchasi