Isroil Suriyadagi Eron elchixonasi yaqiniga zarba berdi (foto)

Olam

image_2024-10-09_09-27-09

Kecha, 8 oktyabr kuni tunda Isroil armiyasi Damashqdagi Eron elchixonasiga yaqiniga aviazarba berdi. Bu haqda SANA nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, nishon Damashq g‘arbidagi Mezza mahallasidagi turarjoy binosiga qaratilgan. Eronning Suriyadagi elchixonasi hujum sodir bo‘lgan joyga yaqin joylashgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 7 kishi halok bo‘lgan, ular orasida ayollar va bolalar ham bor.

Hozircha jarohatlanganlar soni 11 kishini tashkil etmoqda. Qutqaruvchilar vayronalarni tozalash davomida qurbonlar soni ortishi mumkin. Isroil Suriyaga bosib olingan Golan tepaliklaridan zarba bergan. Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi va “Hizbulloh” yetakchilari tez-tez boradigan bino nishonga olingani taxmin qilinmoqda. Isroil mudofaa kuchlari hozircha zarbaga izoh bermagan. The Syrian Observatory for Human Rights qurbonlar sonini to‘rt kishi, yaradorlarni esa 10 kishi deb baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida ham Isroil Suriya poytaxti Damashqdagi Eron konsulligi binosiga havo hujumi uyushtirgandi. Isroil hujumi oqibatida 13 kishi, jumladan, 7 nafar eronlik harbiy maslahatchi halok bo‘lgan edi. Eron elchixonasining konsullik bo‘limi Isroil hujumi tufayli to‘rt kunlik tanaffusdan so‘ng o‘z faoliyatini qayta tikladi. Hujumda vayron bo‘lgan bino yonida Eron elchixonasi konsullik bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirilgan. Isroil hujumiga javoban 14 aprelga o‘tar kechasi Eron Isroilga yuzdan ortiq uchuvchisiz dron va o‘nlab raketalarni uchirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing