Isroil G‘azoda xalqaro qonunlarni buzgan bo‘lishi mumkin – AQSH

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar Isroil G‘azo sektorida Amerika qurollarini qo‘llash orqali xalqaro qonunlarni buzgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti e’lon qilgan hisobotda aytiladi. 

"Isroil xalqaro huquqiy me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydigan tarzda qurol ishlatgan, deyishga asos bor", deyiladi hisobotda.

Shu bilan birga, hisobotda yakuniy xulosalar mavjud emasligi qayd etilgan.

"G‘azo sektoridagi mojaroning tabiati alohida holatlarga baho berish va aniq xulosalar chiqarishni qiyinlashtiradi", deyiladi hujjatda.

Fevral oyida AQSH Prezidenti Jo Bayden o‘zining Demokratik partiyasi tanqidchilarining bosimi ostida G‘azo sektoridagi tinch aholining ahvolidan xavotirlanib, AQSHdan harbiy yordam olayotgan davlatlarni inson huquqlari qonunlariga rioya qilishlariga ishonchli kafolat berishga chaqirgandi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektori janubidagi Rafahda keng ko‘lamli operatsiya boshlansa, Vashington Isroilga qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatadi, degan ochiq ogohlantirishidan so‘ng, AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan barcha kelishmovchiliklarni bartaraf etishga umid bildirayotgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing