Isroil harbiylarini zudlik bilan Gruziya va Ozarbayjonni tark etishga chaqirdi

Olam

image

Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Isroilning Ozarbayjondagi harbiy markazlariga hujum qilishni taklif qilishi fonida Isroil mudofaa kuchlari barcha isroillik harbiy xizmatchilarni Gruziya va Ozarbayjonni zudlik bilan tark etishga chaqirdi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.

Bunga Eron tahdidi sabab bo‘lgan. Armiya rahbariyatining buyrug‘ida aytilishicha, hozirda harbiy xizmatni o‘tayotgan va Janubiy Kavkazning ushbu ikki davlatiga biron sababga ko‘ra tashrif buyurayotgan Isroil fuqarolariga zudlik bilan ortga qaytishi buyurilgan.

Nashrning qayd etishicha, Ozarbayjon Eron bilan chegaradosh va Gruziyaga yaqin joylashgan, shuning uchun Isroil razvedka xizmatlari Eron bu mamlakatlardagi isroilliklarga yoki ularning nishonlariga qarshi hujumlar uyushtirishga harakat qiladi deb hisoblaydi.

Armiya barcha harbiy xizmatchilarni Gruziya va Ozarbayjonni imkon qadar tezroq tark etishga chaqirgan. Shuningdek, Isroil ayni paytda Eron va Livandagi “Hizbulloh” harakatining ehtimoliy javob zarbasini qaytarishga tayyorlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Hizbulloh” harakati Isroil shimolidagi harbiy bazaga “Katyusha” deb nomlangan raketalari bilan hujum uyushtirgandi. Harbiy bazaga zarba Isroil tomonining Livan janubini o‘qqa tutishiga javoban amalga oshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Eron Ozarbayjon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing