Ispaniyaliklarning O‘zbekistonga qiziqishi ortmoqda

Jamiyat

image

Ispaniyadan so‘nggi 10 oyda O‘zbekistonga 13 ming 426 nafar turist tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi. 

Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan ikki barobar ko‘p. Xususan, 2022 yilda Ispaniyadan O‘zbekiston hududiga 6 ming 300 nafar sayyoh kelgan. Joriy yilda esa dastlabki 10 oylik ko‘rsatkich allaqachon 13 mingdan ortdi. 

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu turistlarning 10 ming 87 nafari dam olish, 2 ming 459 nafari xizmat yuzasidan, 865 nafari esa qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida kelgan. 

Oylar kesimida Ispaniyadan O‘zbekistonga kelgan turistlar soni quyidagicha:

  • • yanvarda – 137 nafar;
  • • fevralda – 186 nafar;
  • • martda  – 534 nafar;
  • • aprelda – 1 503 nafar;
  • • mayda – 1 629 nafar;
  • • iyunda – 1 318 nafar;
  • • iyulda – 1 027 nafar;
  • • avgustda – 1 744 nafar;
  • • sentyabrda – 2 498 nafar;
  • • oktyabrda – 2 850 nafar.

Ma’lumot uchun, 2023 yilning yanvar-iyul oylarida jami 3,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Shundan 397,3 ming nafari dam olish maqsadida kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2023 yilning yanvar-iyun oylarida o‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatga borgani ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Ispaniyaliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing