Ishsiz qolgan Merkelga BMTdan yaxshigina taklif bo‘ldi
Olam
−
19 yanvar 2022
7377Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishdan ushbu xalqaro tashkilotda ishlash taklifini oldi. Bu haqda chorshanba kuni DPA agentligi manbalarga tayanib xabar berdi.
Ularga ko‘ra, Guterrish Merkelni “global jamoat mollari bo‘yicha yuqori darajadagi maslahat organiga raislik qilishga” taklif qilgan.
Qayd etilishicha, BMT Bosh kotibi Germaniya sobiq kansleriga yuborgan maktubida o‘z taklifini bildirgan. Merkelning javobi haqida ma’lumot berilmagan.
Agentlikning ta’kidlashicha, Jamoat tovarlari bo‘yicha Global maslahat kengashi Guterrishning ushbu tashkilot bosh kotibi sifatidagi ikkinchi muddatda BMTni isloh qilish bo‘yicha asosiy loyihalaridan biri hisoblanadi. O‘tgan yili hisobotida u “sobiq rahbarlar raisligidagi yuqori darajadagi maslahat organidan boshqaruvni takomillashtirish eng zarur bo‘lgan global jamoat tovarlari va umumiy manfaatlarning boshqa sohalarini aniqlashni so‘rashini” yozgan.
Ayni paytda, agentlik manbalariga ko‘ra, Merkelning bu taklifni qabul qilish ehtimoli past deb hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Angela Merkel o‘tgan yili Germaniya kansleri lavozimidan ketdi. U bu vazifani 2005 yildan berib uzluksiz bajarib kelayotgandi.