Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi
Jamiyat
−
08:52 850 1 daqiqa
Nyu-York Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
.jpg)
Ma’lum qilinishicha, kecha, 21 sentyabr kuni Nyu-York Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshlagan. Sessiya doirasida Prezident Administratsiyasi rahbari tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashgan.
.jpg)
Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va BMT o‘rtasida birgalikda rivojlantirib kelinayotgan muhim hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilingan.

“Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman”, deb yozgan Saida Mirziyoyeva.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr