Ishga kirishda koronavirusga chalinmaganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etish kerakmi?

Jamiyat

image

Bugun 7 may kuni AOKA huzuridagi shtabda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi Bosh davlat mehnat huquq inspektori Gulruh Niyozmetova ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Korxona karantin paytida yangi ishchilarni ishga olishda ulardan koronavirus bilan kasal bo‘lmagani to‘g‘risida ma’lumotnoma talab qilishi qanchalik to‘g‘ri?

Mehnat kodeksining 80-moddasida ishga qabul qilishda talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati ko‘rsatilgan. Ushbu hujjatlar va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish TAQIQLANADI.

Biror-bir normativ hujjatda ishga qabul qilishda koronavirus infeksiyasi bo‘yicha kasallikka chalinmaganligi to‘g‘risidagi hujjat talab qilish ko‘rsatilmagan.

Agar koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan fuqarolarni ishga qabul qilishda kasallikka chalinganligi sababli ishga qabul qilish rad etilsa, ishga qabul qilish jarayoni noqonuniy rad etilgan hisoblanadi va ish beruvchini javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusga chalingan odamlarni kamsitganlik uchun javobgarlik mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

19

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing