Isyonchilar ayrim davlatlar Nigerga hujum qilish uchun tayyorlanayotganini ma’lum qildi

Olam

image

Niger isyonchilarining hukmron organi – “Vatanni qutqarish milliy kengashi” xorijiy davlatlarning mamlakatga qarshi tajovuzi ehtimolini bildirdi. Bu haqda “Al Arabiya” telekanali xabar berdi.

“Xorijiy davlatlar bizning yerlarimizga hujum qilishga tayyorlanmoqda”, degan Nigerdagi isyonchilar. 

“Vatanni qutqarish milliy kengashi” aynan qaysi davlatlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan. Qo‘zg‘olonchilar ehtimoliy xorijiy harbiy operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirgan.

Shuningdek, kengash G‘arbiy Afrika Iqtisodiy Hamjamiyatining (ECOWAS) ultimatumining muddati tugashiga qaramay, o‘z qadamlaridan qaytmasligini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, isyonchilar qo‘shni davlatlar tomonidan ishora qilingan aralashish tahdidi oldidan Niger havo hududi yopilganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 iyul kuni ECOWAS a’zolari Abujadagi sammitda Nigerdagi davlat to‘ntarishini qoralagan va isyonchilarga konstitutsiyaviy boshqaruvni tiklash uchun bir hafta muhlat bergandi. Agar talab bajarilmasa, kuch ishlatish darajasida choralar ko‘rish bilan tahdid qilingandi. Keyinchalik Nigerning Parijdagi elchisi ECOWAS’ga a’zo davlatlar Nigerda harbiy operatsiyaga tayyorgarlikni davom ettirayotganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

davlat to'ntarishi Niger ECOWAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing