Iroq ham Raisiy uchun aza tutmoqchi

Olam

image

Ertaga, 21 may kuni Iroqda qo‘shni Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy aviahalokatda vafot etgani munosabati bilan motam kuni deb e’lon qilindi. Bu haqda Iroq Bosh vaziri Muhammad al-Sudaniy idorasi bayonot berdi. 

“Ushbu og‘ir kunlarda Eron xalqi va hukumatini qo‘llab-quvvatlash belgisi sifatida Iroq hukumati seshanba kunini butun mamlakat bo‘ylab amal qiladigan umumiy motam kuni deb e’lon qildi”, deyiladi idora bayonotida. 

Avvalroq Pokiston, Livan va Suriya Raisiy vafoti munosabati bilan motam e’lon qilish qarorini bildirgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot halokatga uchragani, mazkur hodisada vertolyotning barcha yo‘lovchilari va ekipaj a’zolari halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Shundan so‘ng Eronning amaldagi vitse-prezidenti Muhammad Moxber vaqtinchalik Eron Prezidenti bo‘lishi ma’lum qilindi.

Ibrohim Raisiyning hayoti va siyosat yo‘li haqida ushbu maqola orqali bilib olishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Ibrohim Raisiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing