iPhone 13 dagi Face ID’da qanday o‘zgarish bo‘lishi ma’lum qilindi 

Texnologiya

image

Apple Face ID uchun yangi sensorni sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda “Frontpagetech” xabar bergan.  

Uning sharofati bilan shu yilning kuzida chiqariladigan iPhone 13 egasi smartfonini ko‘zoynak yoki niqob bilan ham qulfdan chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Sinovlar uchun tashqi yuzni aniqlash sensori bo‘lgan qurilmaning maxsus prototipi yaratildi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari test qurilmada oldingi kamera 
iPhone 12 da bo‘lgani kabi o‘ng tomonga emas, chap tomonga joylashtirilganini payqashdi. 

Ehtimol, kameraning bu tartibda joylashtirilishi iPhone 13 ning final versiyasida ham saqlanib qolishi mumkin. 

Avvalroq, iPhone 13 liniyasi joriy yilning 17 sentyabrida, AirPods 3 esa 30 sentyabrda sotuvga chiqarilishi haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Apple Face ID

Baholaganlar

283

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing