Apple iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max’ni taqdim etdi (video)
Texnologiya
−
09 sentabr 1080 2 daqiqa
Bugun, 9 sentyabr kuni Apple korporatsiyasi iPhone 18 Pro va 18 Pro Max modellarini namoyish qildi. Taqdimot translyatsiyasi kompaniya veb-saytida olib borilmoqda.
Smartfon o‘tgan yilgi model kabi dizaynga va alyuminiy korpusga ega. Korpusning yangi ranglari va kichraytirilgan Face ID moduli asosiy farqlardan biri bo‘lgan. Smartfon kumushrang, qora, moviy va to‘q qizil ranglarda sotuvga chiqadi.
.png)
iPhone 18 Pro 2 nanometrli texprotsess asosida yaratilgan yangi Apple A20 Pro chipiga ega. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, u o‘tgan yilgi A19 Pro’ga qaraganda 20-40 foizga tezroq ishlaydi. Shuningdek, Apple “tarixdagi eng uzoq vaqt quvvat saqlaydigan iPhone” ishlab chiqilganini ma’lum qildi.
Smartfonlar 48 megapikselli yangilangan kameralarga ega bo‘ldi: asosiy sensorda sensorga tushadigan yorug‘lik miqdorini nazorat qilish uchun o‘zgaruvchan diafragma paydo bo‘ldi. Yorug‘lik kuchi sahnaga qarab avtomatik ravishda moslashadi. “Kamera” ilovasi sozlamalarida kadrni qo‘lda sozlash imkoniyatlari ko‘paygan, jumladan, oq rang balansi va diafragmani sozlash funksiyalari qo‘shilgan. Suratlarning haqiqiyligini aniqlaydigan va ularni sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan tasvirlardan ajratib beradigan Reference Image rejimi paydo bo‘lgan.
Smartfon narxi qimmatlashdi. iPhone 18 Pro’ning 256 gigabaytli minimal versiyasi 1200 dollar, 18 Pro Max esa 1300 dollardan boshlab sotiladi. Taqqoslash uchun, analogik modifikatsiyadagi 17 Pro va Pro Max muvofiq ravishda 1100 va 1200 dollar edi. Sotuvlar joriy yil 18 sentyabrdan boshlanadi.
iPhone 18 chiqishi bilan bir vaqtda kompaniya iOS 27’ning yangi versiyasini ham chiqaradi. Operatsion tizim 200 ga yaqin yaxshilanishlar va yangilanishlarga ega bo‘ladi, ular orasida ishshsh tezligining oshishi va yangilangan Siri ovozli yordamchisi bor.
Live
Barchasi