Apple M6 va M5 Pro chiplaridagi yangi Mac mini’ni taqdim etdi
Texnologiya
−
09:39 447 2 daqiqa
Apple M6 va M5 Pro protsessorlariga asoslangan yangi Mac mini kompyuterlarini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya xabar qildi.
Qayd etilishicha, yangi avlod Mac mini kompyuterlari M6 va M5 Pro chiplari bilan jihozlanadi. Apple qurilmalar, ayniqsa sun’iy intellekt bilan bog‘liq vazifalarda, ishlash unumdorligi sezilarli oshganini ta’kidlagan.
Ma’lum qilinishicha, M6 protsessorli Mac mini’lar 32 GBgacha operativ xotira va 2 TBgacha xotira bilan, M5 Pro versiyalari esa 64 GB operativ xotira va 8 TBgacha ichki xotira bilan ishlaydi.
Kompaniya shuningdek, M5 Max va M5 Ultra protsessorlarida ishlaydigan yangi Mac Studio kompyuterlarini ham taqdim etgan. Qurilmalar PCIe Gen 6 texnologiyasiga asoslangan yangi avlod SSD arxitekturasi bilan jihozlangan bo‘lib, Apple ma’lumotiga ko‘ra, u avvalgi versiyadan ikki baravar tezroq.
Apple M5 Ultra’ni kompaniya tarixidagi eng kuchli protsessor deb atagan. Mac Studio’ning M5 Ultra versiyasi 512 GBgacha, M5 Max versiyasi esa 128 GBgacha operativ xotirani qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, Apple saytida kompyuterlarni tozalash uchun maxsus salfetkaning yangi versiyasi ham paydo bo‘lgan. Uning narxi 9 dollar etib belgilangan.
Kompaniyaning e’lon qilishicha, yangi Mac mini’ning bazaviy versiyasi 899 dollardan, Mac Studio esa 2 499 dollardan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple korporatsiyasi iPhone X smartfonini eskirgan qurilma deb e’tirof etdi va uni kompaniya saytidagi tegishli ro‘yxatga kiritgandi.
Live
Barchasi