Yangi davr! Apple buklanadigan iPhone Duo’ni taqdim etdi

Texnologiya

image

Apple o‘zining birinchi buklanadigan smartfonini iPhone Duo nomi ostida e’lon qildi. Shu tariqa, kompaniya nafaqat yangi iPhone, balki yangi bosh ijrochi direktor (CEO) Jon Ternus bilan ham o‘zi uchun yangi davrga qadam qo‘ymoqda.

Smartfon dizayni to‘liq tasdiqlandi: u ko‘zga tashlanadigan buklanish chizig‘i bo‘lmagan egiluvchan displeyga ega. Ichki ekranning diagonali 7,6 dyuymni, tashqi ekran esa 5,4 dyuymni tashkil etdi.

Unda ham Dynamic Island mavjud, biroq u juda kichik va faqat ochiq holatda ko‘rinadi. Shu bilan birga, old kamera ekran ostiga yashirilgan.

iPhone Duo har ikkala ekranda ham USB-C versiyasidagi Apple Pencil’ni qo‘llab-quvvatlaydi. Dock paneli va asboblar satri iPhone Duo’ning kichik ekranida o‘ng tomonda joylashgan.

iPhone Duo’ni har qanday holatda buklash mumkin va iOS tizimi interfeysni tegishli vaziyatga moslashtiradi.

Apple Netflix va boshqa ommabop dasturlar ishlab chiquvchilari bilan birgalikda ilovalar interfeysini iPhone Duo’ning yangi ekraniga moslashtirgan.

Aloqa uchun Apple’ning firma modemi – C2 javob beradi. U ma’lumotlarni 50 foizga tezroq yuklaydi va 5G mmWave standartini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga, u 15 foizga kamroq energiya sarflaydi.

iPhone Duo ichiga kun bo‘yi avtonom ishlashni ta’minlaydigan ikkita akkumulyator o‘rnatilgan: ichki ekrandan foydalanilganda 31 soat va tashqi ekranda 44 soat. 50 foizgacha quvvat olish uchun 20 daqiqa kifoya qiladi.

iPhone Duo narxi 1999 dollardan boshlanadi, oldindan buyurtmalar 16 oktyabrda ochiladi, sotuvlar esa 23 oktyabrdan boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Samsung birinchi marta buklanadigan ekranga ega smartfoni – Galaxy Fold'ni 7 yil oldin – 2019 yil 20 fevral kuni San-Fransiskoda o‘tkazilgan “Unpacked” taqdimotida rasman namoyish etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple iPhone 18 Pro va 18 Pro Max modellarini namoyish qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing