Apple iPhone X’ni eskirgan qurilmalar ro‘yxatiga kiritdi

Texnologiya

image

Apple korporatsiyasi iPhone X smartfonini eskirgan qurilma deb e’tirof etdi va uni kompaniya saytidagi tegishli ro‘yxatga kiritdi. Bu haqda “MacRumors” xabar berdi.

Qurilma eskirgan gadjetlar ro‘yxatiga kiritilganidan so‘ng, Apple do‘konlari va vakolatli servis markazlarida unga xizmat ko‘rsatish to‘xtatiladi. Kompaniya mahsulotni uning savdosi to‘xtatilganidan keyin 7 yil o‘tgach eskirgan deb e’tirof etadi.

“MacRumors”ning qayd etishicha, iPhone X Apple foydalanuvchilari orasida afsonaviy qurilma sifatida qabul qilinadi. U brendning OLED ekranga ega bo‘lgan birinchi smartfoni bo‘lgan. Shuningdek, qurilmada jismoniy Home tugmasi olib tashlangan va shu orqali displey old panelning deyarli butun qismini egallagan.

iPhone X’da po‘lat ramka va shisha orqa panel ham qo‘llangan. “MacRumors”ning ma’lum qilishicha, Apple iPhone X’dan tashqari 2018 yilda ishlab chiqarilgan 15 dyuymli MacBook Pro noutbukini ham eskirgan qurilmalar ro‘yxatiga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple kompaniyasi 110 ta davlatdagi ayrim foydalanuvchilarni qurilmalariga josuslik dasturlari orqali hujum qilingan bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing