iPhone 12 da yana bir muhim kamchilik aniqlandi
Texnologiya
−
03 dekabr 2020
9457Apple'ning ba’zi yangi smartfonlari uyali aloqa bilan bog‘liq muammolar keltirib chiqarmoqda. Bu haqda qurilma egalarining shikoyatlariga asoslanib xabar berilgan.
Manbaga ko‘ra, muammo iPhone 12 seriyasidagi gadjetlarda aniqlangan. Ba’zi hollarda qurilmalarda ma’lumotlarni 4G va 5G standartlari orqali uzatish o‘chirib qo‘yilgani aytilgan. Bunda tarmoq to‘satdan yo‘qolgan - bir necha daqiqa yoki soat davomida. Shundan so‘ng, smartfon yana uyali aloqa operatorlari minoralariga muvaffaqiyatli ulangan.
Ba’zi smartfon egalarida esa suhbat paytida aloqa to‘satdan uzilib qolgan. Foydalanuvchilar provayderlarga murojaat qilganda, ular tarmoqda muammolar kuzatilmaganini aytishgan.
Reddit'dagi tegishli postda mualliflar qurilmani parvoz rejimini yoqib o‘chirgandan so‘ng, muammo qisman hal qilinganini aytgan. Ba’zi hollarda esa smartfon egalari o‘zlarining tarmoq va iPhone sozlamalarini tiklashi kerak bo‘lgan. Bunga izoh qoldirganlar esa bir muncha vaqt o‘tgach muammo yana paydo bo‘lmasligiga kafolat yo‘qligini yozishgan.
Apple foydalanuvchilarning shikoyatlariga hali ham ochiq javob bermagan.
Ta’kidlanishicha, kamida 500 ta iPhone 12 egalari tarmoqdagi muammolardan shikoyat qilgan.
Ma’lumot uchun, joriy yil 13 oktyabr kuni Apple kompaniyasi yangi iPhone 12 smartfonini namoyish qildi. iPhone 12 jamlanmasiga ikkita yangi iPhone 12 mini va iPhone 12 Pro Max ham kiritilgan.
Avvalroq, iPhone 12 liniyasidagi iPhone 12 Pro smartfoni batareyasining ishlash muddati kamligi aytilgandi.
LiveBarchasi