Apple'ning so‘nggi smartfon modeli sinovdan qanday o‘tdi? 

Texnologiya

image

YouTube'dagi mashhur kanallardan biri Apple'ning so‘nggi smartfon modelini sinab ko‘rishga qaror qildi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Amerikaning texnologik giganti yangi iPhone 12 ni qoplashda Ceramic Shield'dan foydalangan. Ishlab chiqaruvchining xabariga ko‘ra,  ushbu material boshqa har qanday smartfonlarning shishasidan mustahkam.Bu esa foydalanuvchilar e’tiborini o‘ziga tortdi va ular buni real hayotda sinab ko‘rishga qaror qilishdi.

 

 

Juda ko‘p bor reklama qilingan Ceramic Shield rostan ham chidamlimi? 

Foydalanuvchilar smartfonlarni tekshirishga qaror qilishdi. Ular smartfonni uch xil balandlikdan pastga uloqtirishdi.

Taxmin qilinganidek, iPhone 12 Pro imtihondan iPhone 12 ga qaraganda yaxshiroq o‘tdi. 

Ceramic Shield maqtashga arzigulik ekanligi ma’lum bo‘ldi. Yangi iPhone'lar qanday balandlikdan tushirilganidan qat’i nazar, displeyga deyarli hech narsa qilmadi. Bu oldingi modellar bilan solishtirganda juda katta yutuq hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

iPhone 12

Baholaganlar

112

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing