Apple 4 ta yangi iPhone 12 ni namoyish qildi (fotoreportaj)

Texnologiya

Bugun, 13 oktyabr kuni Apple kompaniyasi Kupertinodagi taqdimotda uzoq kutilgan yangi iPhone 12 smartfonini namoyish qildi. iPhone 12 jamlanmasiga ikkita yangi iPhone 12 mini va iPhone 12 Pro Max ham kiritilgan.

Kutilganidek yangi iPhone modelining asosiy o‘ziga xosligi simsiz 5G aloqa qo‘shilgani bo‘ldi.

Yangi modellarning jkrani 5.4, 6.1, 6.7 dyum bo‘ladi. Smartfon OLED ekran va yangi yuqori chidamli Ceramic Shield oynasi bilan jihozlangan. Shuningdek, u 11 foizga ingichka va 15 foizga ixcham va yengil bo‘lgan.

Gadjetning dizayni o‘tkir qirralari bilan iPhone 4 va iPhone 5 ni yodga soladi. Bu modelda ham o‘tmishdoshidek ikkita kamera bo‘ladi. iPhone 12 Pro Max uchinchi “ko‘z” bilan ham to‘ldirilgan.

Smartfonlarda suratlarga professional darajada ishlov berish uchun Apple ProRAW funksiyasi ham qo‘shiladi.

Apple yangi yorug‘lik manbasiga qarshi suratga olish imkonini beruvchi Smart HDR 3 funksiyasi qo‘shilganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, yangi modelda tungi tasvir rejimi ham yaxshilangan.

iPhone 12 i iPhone 12 mini beshta– qora, oq, qizil, yashil va ko‘k ranglarda ishlab chiqariladi.

12-avlod “olmafon”larning “top” gadjeti iPhone 12 Max Pro to‘rtta – kulrang, qora, tilla va moviy ranglarda ishlab chiqariladi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Apple iPhone 12

Baholaganlar

422

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing