Apple navbatdan tashqari taqdimot o‘tkazadi. Unda iPhone 12 ham bo‘ladimi?

Texnologiya

image

Apple kompaniyasi yangi mahsulotlarining navbatdan tashqari taqdimoti sanasini e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, mahsulotlar orasida iPhone 12 ham bo‘ladi. Bu haqda kompaniya veb-saytida xabar berilgan.

Ta’kidlanganidek, taqdimot 13 oktyabr kuni o‘tkaziladi. Sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan taqdimot ko‘pchilikning xafsalasini pir qilgandi. Unda faqatgina yangi Apple Watch soatlari va iPad planshetlari taqdim etilgandi.

Navbatdan tashqari taqdimotda aynan nimalar namoyish etilishi hozircha noma’lum. 

Tadbirda namoyish etilishi mumkin bo‘lgan gadjetlar taxmin qilindi. Kutilayotgan gadjetlarga AirTag qidiruv yorlig‘i, AirPods Studio quloqchinlari, Apple TV 2020 televizorga ulovchi vositasi va ilk protsessorli MacBook kiradi. Shuningdek, iPhone oilasi ham yana bittaga ortishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 sentyabrida o‘zining an’anaviy taqdimotini o‘tkazgan Apple ilk bor yangi iPhone modellarini sentyabrda ommaga taqdim etmagandi.


Maqola muallifi

Teglar

iPhone Apple iPhone 12

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing