iPhone 14 da qanday muhim o‘zgarish bo‘lishi ochiqlandi

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

iPhone 14 smartfonining Pro versiyasini ishlab chiqarishda zanglamaydigan po‘lat o‘rniga titan ishlatiladi. Bu haqda JP Morgan Chase xolding kompaniyasi investorlari hisobotiga asoslanib “ArsTechnica” ma’lum qildi.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, bu 2022 yilda chiqariladigan iPhone 14 dizaynidagi eng muhim o‘zgarish bo‘ladi. iPhone 14 boshqa iPhone modellaridan xususiyatlari va ishlab chiqarish jarayonida titan ishlatilishi jihatidan farq qiladi. 

Yangi material tirnalishga, korroziyaga, egilishga nisbatan ancha chidamli, shuningdek, po‘latga nisbatan yengilroq. Shuni ta’kidlash kerakki, gap smartfonning metall qirralari haqida ketmoqda. MagSafe simsiz quvvatlagichning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash uchun uning orqa qismi shishadan yasaladi.

Ma’lumot o‘rnida, Apple ilgari titan materialini smartfonlarda ishlatmagan va hozirgi iPhone 12 Pro modellari zanglamaydigan po‘latdan yasalgan.

Bundan tashqari, JP Morgan Chase Applening iPhone 14 mini ishlab chiqarmasligi haqidagi yana bir so‘nggi xabarni tasdiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

iPhone 12 iPhone 14 iPhone 13 iPhone 11 iPhone 10

Baholaganlar

323

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing