iPhone 14 qanday bo‘lishi taxmin qilindi

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning sentyabr oyida taqdim qilinishi kutilayotgan Apple  kompaniyasining iPhone 14 smartfonida boshqa iPhone modellarida bo‘lgan kabi displeydagi hoshiya bo‘lmaydi. “Bloomberg” jurnalisti Mark Gurman shunday taxmin qilmoqda. 

Mark Gurmanga ko‘ra, iPhone 14 smartfonida old kamera teshik shaklida bo‘lib, Face ID sensorlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri matritsa ostiga joylashtiriladi.

Shuningdek, Apple'ning AR ko‘z oynaklari WWDC 2022 doirasida joriy yilning yoz oylarida chiqishi ham bashorat qilinmoqda. 

Joriy yilda taqdim qilinishi kutilayotgan boshqa yangi mahsulotlar qatorida jurnalist quyidagilarni sanab o‘tdi:

•  qayta ishlangan 8 yadroli to‘qqiz va o‘nta grafik yadroli M2 asosidagi (hozirgi 7 va 8 modifikatsiyasiga ega MacBook Air) MacBook Air;

•  hozirda 5 000 dollarga sotilayotgan Pro Display XDR'dan ikki barobar arzon monitor;

•  40 yadroli Apple Silicon protsessori va 128 yadroli grafik protsessor bilan yangi Mac Pro;

•  kattaroq displeyga ega yangi Mac Pro;

•  yangilangan Mac mini;

•  5G quvvatli yangi iPhone SE;

•  simsiz zaryadlanadigan yangi iPad Pro;

•  Apple Watch'ning yanada mustahkam versiyasi.

Tahlilchi Min-Chi Kuo AirPods Pro'ning kelajakdagi yangilanishi haqida gapirgan. Unga ko‘ra, AirPods Pro lossless ALAC kodeki, shuningdek minigarnituralarni qidirishni soddalashtirish uchun mo‘ljallangan korpusga o‘rnatilgan dinamik bilan ta’minlanadi. Tahlilchining aytishicha, aksessuar yangi dizaynga ega bo‘ladi va joriy yilning to‘rtinchi choragida sotuvga chiqariladi.


Maqola muallifi

Teglar

iPhone 14

Baholaganlar

437

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing