iPhone 14 Max’ning narxi va xususiyatlari qanday bo‘ladi? 

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Apple’ning iPhone 14 seriyasi joriy yilning kuz faslida chiqarilishi kerak, biroq smartfonlarning dizayni fevral oyida tasdiqlangan va sinov tarzida ishlab chiqarish allaqachon boshlangan. Quyidagi ma’lumotlar iPhone 14 Max smartfonining mumkin bo‘lgan xususiyatlari va narxini ochib beradi. 

Ta’kidlanishicha, smartfon 2248x1284 pikselli 6,68 dyuymli OLED-displey bilan ta’minlanadi. Ushbu ekran bir dyuym uchun 458 piksel zichlikka ega va 90 Gs yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi.

iPhone 14 Max A15 Bionic bir chipli tizimi asosida ishlab chiqariladi, u 6 GB LPDDR4X operativ xotira va 128 GB yoki 256 GB ichki flesh-xotira oladi.

Qayd etilishicha, iPhone 14 Max smartfonining orqa tomonida 12 megapikselli ikkita tasvir sensoridan iborat qo‘sh kamera o‘rnatiladi. Bundan tashqari, old kameraning sifati yaxshilanishi va sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa qilish imkoniyati qo‘shilishi haqida ma’lumotlar bor.

Xabar qilinishicha, 6 Gb tezkor va 128 Gb flesh-xotiraga ega iPhone 14 Max versiyasi 900 dollarga baholanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Apple iPhone 14

Baholaganlar

665

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing