Apple iPhone 13 ishlab chiqarishni kamaytirmoqchi
Texnologiya
−
14 Oktabr 2021
11720Kompyuter chiplari tanqisligi sabab Apple kompaniyasi iPhone 13 ishlab chiqarishni qisqartirishi mumkin. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar bermoqda.
Apple kompaniyasi joriy yilning oxirgi choragida 90 million iPhone ishlab chiqarmoqchi edi. Biroq, telefonning butlovchi qismlari tanqisligi sabab kompaniya rejadagidan 10 millionta kamroq smartfon ishlab chiqarishi mumkin.
Qayd etilishicha, Apple iPhone 13 ishlab chiqarish qisqarishi mumkinligini e’lon qilgandan so‘ng, kompaniya aksiyalari narxi 1,2 foizga pasaygan.
Shuningdek, yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqaruvchi Broadcom va Texas Instruments aksiyalari ham 1 foizga arzonlashdi, chunki ular Apple'ga yetarli miqdordagi chiplarni o‘z vaqtida yetkazib bera olmayapti.
Eslatib o‘tamiz, jori yilning 14 sentyabr kuni Apple yangi mahsulotlari taqdimotini o‘tkazgan. Unda iPhone 13 va iPhone 13 Mini hamda iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max smartfonlari namoyish etilgan.
LiveBarchasi