Investitsiya vazirligi xodimi tuman hokimi bo‘ldi

Jamiyat

image

Andijon viloyatidagi Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi. Endilikda bu lavozimda Shoyatbek Boboyev faoliyat yuritadi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Bugun, 30 noyabr kuni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirokida Xalq deputatlari Paxtaobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Unda Shoyatbek Boboyevning Paxtaobod tumani hokimi etib tayinlangani e’lon qilingan.

Ma’lumot uchun, Shoyatbek Boboyev 1981 yilda Andijon viloyatining Xonobod shahrida tug‘ilgan. 2011 yilda (sirtqi) Andijon qishloq xo‘jalik institutini, 2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Boboyev mehnat faoliyati davomida “Uz-koje”, “O‘zbekiston temiryo‘llari”, “Toshkent mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatlari, Xo‘jaobod tumani hokimligi va uchta vazirlikda rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, u O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining mashinasozlik (uskunasozlik) va elektrotexnika sanoati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida Andijon viloyatining Asaka tumani hokimi lavozimiga Nasibullo Mo‘minov tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Paxtaobod Shoyatbek Boboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing