Infeksionist qo‘lqop taqish koronavirusga qarshi kurashda foydasiz ekanini aytdi

Salomatlik

image
Metro yo‘laklari qo‘lqoplarga to‘lganiga munosabat bildirildi north_east

Metro yo‘laklari qo‘lqoplarga to‘lganiga munosabat bildirildi

Koronavirusga qarshi kurashda qo‘lqop taqish samarali usul emas. Negaki odamlar qo‘lqopdan noto‘g‘ri foydalana olmaydi. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh infeksionisti, Sechenov universiteti professori Vladimir Chulanov shunday fikr bildirdi.

Chulanov qo‘lqop o‘rniga antiseptiklardan foydalanishni maslahat bergan.

Unga ko‘ra, agar barcha transportga chiqqanda va tushganda qo‘lni tozalasa, hech qanday qo‘lqopga hojat qolmasdi. Shuning o‘zi yetarli bo‘lardi, xatto undanda samarali bo‘ladi. Negaki, qo‘lqopni to‘g‘ri yechish va utilizatsiya qilishni bilish kerak.

“Kimdir ularni yechib, keyinroq yana kiyish uchun cho‘ntaklariga soladi. Bu qo‘shimcha infeksiya xafsini keltirib chiqaradi. Agar hamma to‘g‘ri ishlatganda: qo‘lqop kiyganda yuzga tegmasa, uni yechayotganda qo‘lqop yuzasiga tegmasa va maxsus axlat qutisiga tashlasa, bu qoyilmaqom bo‘lardi, ammo hamma ham bunday qilmaydi. Kimdir matoli qo‘lqop kiyadi, aniqki, ular buni doim taqadi. Ular shunchaki ko‘z uchun kiyadi, yechadi. Bu hech nimani qutqarmaydi, aksincha xavf tug‘diradi”, deya t’kidladi ineksionist.

Mutaxassis qo‘lqop kiyini ortiqcha chora deb baholagan.

Shu bilan birga Chulanov niqob taqish juda zarurligini, barcha bu qoidaga amal qilishi va qo‘lni antiseptik bilan tozalashi muhimligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 19 oktyabrdan boshlab, Toshkentda jamoat transporti yo‘lovchilariga qo‘lqopda bo‘lish majburiy qilib qo‘yildi. Qo‘lqoplar yo‘lovchilarga tekinga berilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

qo'lqop

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing