Metro yo‘laklari qo‘lqoplarga to‘lganiga munosabat bildirildi

Jamiyat

image
Qo‘lqop mashmashasi. Avtobus va metroda qo‘lqop nega majburiy? north_east

Qo‘lqop mashmashasi. Avtobus va metroda qo‘lqop nega majburiy?

Xabaringiz bor, bugun, 19 oktyabrdan Toshkent shahrida jamoat transportidan foydalanishda yo‘lovchilar tibbiy niqob bilan birga tibbiy qo‘lqop ham taqishi tartibi kuchga kirdi. Transport vazirligi ko‘plab noroziliklardan keyin niqoblar bepul tarqatilishini ma’lum qildi.

Odamlar jamoat transportida qo‘lqopda foydalana boshlashi bilan boshqa bir muammo paydo bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda metro yo‘laklarida qo‘lqoplar sochilib yotgani va urnalar qo‘lqoplarga to‘lib toshgani aks etgan suratlar tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” UK rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, mavjud vaziyatni hisobga olgan holda, metropoliten ma’muriyati zudlik bilan korxonaning tozalash ishlari jadvalini qayta ko‘rib chiqqan.

Amaldagi ishlatilgan qo‘lqoplar uchun qo‘shimcha chiqindi idishlari o‘rnatilishi va keyinchalik bu ishlatilgan qo‘lqoplar utilizatsiya qilinishi nazoratga olinadi.

“Toshkent metropoliteni ma’muriyati ushbu muammoga e’tibor qaratgan, befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizga o‘z minnatdorchiligini bildiradi va shu fursatdan foydalangan holda, barcha yo‘lovchilardan tozalik qoidalariga rioya qilishlarini so‘rab qoladi! Shuningdek, metropoliten xodimlarining mehnatini qadrlagan holda ishlatilgan qo‘lqoplarni chiqindi tashlash uchun mo‘ljallangan idishlarga tashlashlarini iltimos qiladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

212

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing