Imron Xon va kelinoyi yana bir jazoga hukm qilindi

Olam

image

Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xonning ayoli Bushra Bibi birinchi turmushidan ajrashganidan keyin qonun bo‘yicha 3 oy iddada o‘tirmay, Imron Xon bilan nikohdan o‘tgani uchun juftlik Ravalpindi sudi tomonidan qo‘shimcha 7 yillik qamoq jazosi va 1800 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda "Reuters" ma’lum qildi.

Xon va Bibiga jinoiy ish qo‘zg‘atilishini so‘rab, sudga Bushraning birinchi turmush o‘rtog‘i Xavar Maneka murojaat yo‘llagan.

Bu bilan siyosatchi bir hafta ichida uchinchi bor sudlandi.

Bungacha Imron Xon davlat sirlarini oshkor qilganlikda ayblanib, 10 yilga, rafiqasi bilan esa korrupsiyada ayblanib, 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Xon vakillarining aytishicha, har uchala holatda ham apellyatsiya shikoyati beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Imron Xon Pokiston Bushra Bibi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing