Pokiston sobiq bosh vaziri 10 yilga qamaldi

Olam

image

Pokiston sudi bugun, 30 yanvar kuni sobiq bosh vazir Imron Xonni davlat sirlarini oshkor qilishda ayblab, 10 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.

Ayblov xulosasiga ko‘ra, Xon Pokistonning Vashingtondagi elchisi hukumatga yuborgan maxfiy telegramma mazmunini oshkor qilgan.

Sobiq bosh vazirning partiyasi bu ayblovni uydirma deb hisoblaydi va hukm bo‘yicha e’tiroz bildirmoqchi.

2022 yilda bosh vazirlik lavozimidan chetlatilgan Imron Xon, 2023 yilning avgustida korrupsiyada ayblanib, uch yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi. 

Yangi hukm esa Pokistondagi umumiy saylovlarga bir hafta qolganida e’lon qilindi. Bu esa sobiq bosh vazirning saylovda ishtirok eta olmasligini bildiradi.

Imron Xon o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etmoqda va ularni siyosiy hiyla deb hisoblayapti.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing