Imron Xon payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ga ko‘rsatgan hurmati uchun Putinga minnatdorlik bildirdi

Olam

image

Pokiston Bosh vaziri Imron Xon Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilib, unga Islom olamida buyuk shaxs – payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ga ko‘rsatgan hurmati uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Pokiston hukumati rahbari ma’muriyati ma’lum qilmoqda. 

Pokiston Bosh vaziri Imron Xon va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Islomobod va Moskva o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar, xususan Afg‘oniston masalasini muhokama qilgan.  

Telefon muloqoti chog‘ida Xon Rossiya Federatsiyasi prezidentining so‘z erkinligi bahonasida payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ni haqoratlashga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi bayonotlaridan mamnunligini bildirgan. 

Xon BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishlarida doimiy ravishda islomofobiyaning jiddiy kuchayib borayotganini ta’kidlab, bu xavfli tendensiyaning oqibatlari haqida gapirayotganiga e’tibor qaratdi. 

Pokiston Bosh vaziri ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar savdo-iqtisodiy va energetika sohalaridagi yuksalishda davom etayotganini ta’kidladi. 

Xon, shuningdek, hukumatining Pokiston oqimi gaz quvuri loyihasini imkon qadar tezroq yakunlash qarorini tasdiqlagan. 

Gap shundaki, Rossiya Federatsiyasi Prezident Vladimir Putin o‘tgan yilning 23 dekabr kuni o‘tkazgan an’anaviy yillik matbuot anjumanida Islom diniga e’tiqod qiluvchilarning his-tuyg‘ulariga tajovuz qilish ijod erkinligi emasligini aytib, shunday degandi: 

“Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ni haqorat qilish – bu nima? Bu ijod erkinligimi? Men o‘ylaymanki, yo‘q. Bu e’tiqod erkinligi va Islom diniga e’tiqod qiluvchilarning muqaddas tuyg‘ulariga tajovuz qilish”. 

Ushbu bayonotdan keyin birinchilardan bo‘lib “Tolibon”, keyin Pokiston Bosh vaziri Imron Xon Putinga minnatdorlik bildirgan edi. 

"Charlie Hebdo" ishi 

Fransiyaning "Charlie Hebdo" satirik haftalik nashri 2015 yil yanvar oyida tahririyatga qilingan hujumga sabab bo‘lgan payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning karikaturalarini joriy yilning 1 sentyabr kuni qayta chop etdi. Nashr buni 12 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan terakt bo‘yicha sud jarayoni boshlanishi arafasida amalga oshirdi. 

Gap shundaki, bundan 5 yil avval "Charlie Hebdo" jurnali Muhammad (s.a.v.)ni hajv qilib chiqqani uchun, tahririyat terrorchilik harakati nishoniga aylangan edi. Unda 12 kishi qurbon bo‘ldi. 

Hujum 2015 yilning 7 yanvar kuniga to‘g‘ri kelgan. 

2 sentyabr kuni Fransiyada ilk hujum bilan bog‘liq sud ishi boshlandi. Unda 14 gumondor hozir bo‘ldi. Sud tinglovchi 10 noyabrga qadar davom etadi.

"Charlie Hebdo” jurnalida muqaddas Islom dinining so‘nggi payg‘ambari Muhammad (s.a.v.)ning karikaturasi chop etilishi musulmon mamlakatlarning Fransiyaga qarshi e’tiroziga sabab bo‘lib, ziddiyatlarni oshirmoqda. Bunga nisbatan Turkiya va Eron munosabat bildirdi. 

Prezident Emmanuel Makron tahririyat harakatlarini so‘z erkinligining ifodasi deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Imron Xon

Baholaganlar

299

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing