Pokiston sudi Imron Xonni ozodlikka chiqarishga qaror qildi
Olam
−
29 avgust 2023
5425Pokiston sudi sobiq bosh vazir Imron Xonni garov evaziga ozodlikka chiqarishga qaror qilib, uch yillik qamoq jazosini bekor qildi. Bu haqda “Dawn” nashri xabar berdi.
Aytilishicha, Imron Xonni ozodlikka chiqarish to‘g‘risidagi qaror Amer Faruk raisligidagi Islomobod Oliy sudi sudyalar hay’ati tomonidan qabul qilingan.
"Qarorning nusxasi tez orada taqdim etiladi. Hozircha biz faqat (Imron Xonning) iltimosi qanoatlantirilganini aytishimiz mumkin", degan sudya Amer Faruk.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 avgust kuni sud Xonni Toshaxon davlat depozitariysining qimmatbaho buyumlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlikda ayblab, uch yilga ozodlikdan mahrum qilgandi. Shuningdek, hukm Xonni besh yilga siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatidan mahrum qilishni ham nazarda tutadi.
LiveBarchasi