Ilon Mask Ukrainaga yordam berdi
Olam
−
27 fevral 2022
28401Amerikalik milliarder Ilon Mask Ukrainani Rossiya hujumiga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatladi va mamlakat uchun Starlink terminallarini ochdi. Bu haqda Raqamli transformatsiya vaziri Mixal Fyodorov ma’lum qildi.
Dastlab vazir Mixail Fyodorov Maskka murojaat qilib, uning raketalari Marsni o‘zlashtirish payida yurganida Rossiya raketalari Ukrainiga tushayotganini yozgan.
“Ilon Mask, siz Marsni o‘zlashtirishga urinayotganingizda - Rossiya Ukrainani bosib olishga harakat qilmoqda! Sizning raketalaringiz koinotda muvaffaqiyatli qo‘nayotgan bir paytda - Rossiya raketalari Ukraina fuqarolariga hujum qilmoqda!”, deb yozgan Fedorov.
Ko‘p o‘tmay, Mask vazirning Twitter’da qoldirgan iltimosiga izoh berib, Ukraina uchun Starlink terminallari ochilganini ochiqcha e’lon qildi.
“Starlink xizmatlari Ukraina uchun allaqachon mavjud. Keyinroq ko‘proq terminallar bo‘ladi”, deb yozgan Mask.
Rossiyaning Ukrainaga bosqini
Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.
Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.
Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.
Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.
Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.
25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.
LiveBarchasi