“Ilhom” o‘z joyida qoladi – Ozodbek Nazarbekov
Jamiyat
−
11 fevral 2020
8819Avvalroq, poytaxt Toshkentda joylashgan “Ilhom” teatri binosidan ajralib qolayotgani haqida xabar bergan edik. Mazkur holatga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining to‘ng‘ich qizi – Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva munosabat bildirgani haqida xabar bergan edik.
Holatga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov munosabat bildirib, “Ilhom” teatrini saqlab qolish uchun barcha zarur choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi.
“So‘nggi kunlarda shov-shuvga sabab bo‘lib kelayotgan, keng jamoatchilik e’tiborida turgan masala bu “Ilhom” teatrining kelajagi haqidadir.
10 fevral kuni ushbu masala yuzasidan “Ilhom” teatri badiiy rahbari Boris Gafurov hamda teatr joylashgan bino rahbarlari bilan uchrashdim. Uchrashuvda nafaqat O‘zbekistonda, balki, xorij mamlakatlarida ham o‘z dovrug‘i va muxlisiga ega bo‘lgan "Ilhom" teatri o‘z joyida qolishiga kelishib olindi.
Madaniyat va san’at Madaniyat vazirligining doimiy himoyasidadir. Bundan buyon “Ilhom” teatrining ijodiy faoliyati ham har tomonlama vazirlik tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi”.
Eslatib o‘tamiz, teatr ma’muriyati joriy yilning 7 fevral kuni “Shodlik” mehmonxonasi yangi sohibi "OFELOS PLAZA" MJCHdan binoni bo‘shatib qo‘yish haqida rasmiy maktub olgan.
Teatr faoliyat yuritayotgan hozirgi bino 1976 yilda teatr asoschisi Mark Vaylga berilgan. 1994 yilda xususiylashtirishdan so‘ng teatrdan beg‘araz asosda foydalangan. “Shodlik” mehmonxonasining avvalgi rahbari bilan 2023 yilgacha ijara shartnomasi tuzilgan.
LiveBarchasi