Ikki yildan so‘ng ushbu pandemiya qayta jonlanadi – AQSH mutaxassislari

Salomatlik

image
Koronavirus mutlaq yo‘q bo‘lib ketmaydi, biroq “o‘zimizniki” bo‘lib qoladi – Nurmat Otabekov north_east

Koronavirus mutlaq yo‘q bo‘lib ketmaydi, biroq “o‘zimizniki” bo‘lib qoladi – Nurmat Otabekov

2022 yildan so‘ng koronavirus qayta avj olish to‘lqinlari kuzatiladi. Bu haqda Minnesota shtatidagi yuqumli kasalliklar bo‘yicha tadqiqotlar va siyosat markazining hisobotida ma’lum qilindi.

Mutaxassislar guruhi pandemik koronavirus ikki yilgacha davom etishi mumkinligini va dunyo aholisining uchdan ikki qismi immunitetga ega bo‘lmaguncha kasallikni to‘liq nazorat qilish imkoniyati yo‘qligini aytishdi.

Hisobotiga ko‘ra, ba’zilarda ushbu kasallik alomatsiz o‘tishi sabab ushbu virusni nazorat qilish qiyin kechmoqda. Ayni odamlarda virus aniqlangunicha undan bir qancha kishi kasallikni yuqtirishga ulgurgan bo‘ladi.

Dunyo bo‘ylab milliardlab odamlar izolyatsiya qilinganidan so‘ng, hukumatlar ehtiyotkorlik bilan korxona va jamoat joylarini ochishga ruxsat bermoqda. Ammo, hisobot mualliflarining fikriga ko‘ra, 2022 yildan keyin ham koronavirus pandemiyasining qayta avj olish to‘lqinlari davom etishi mumkin.

“Hukumatlar o‘z xabarlarida ushbu pandemiya tez orada tugamasligi haqida aholiga aytishi kerak. Shuningdek, keyingi ikki yil odamlar ushbu kasallikning davriy ravishda avj olishiga tayyor turishlari kerakligi tushuntirishlari darkor“, deyiladi hisobotda.

Ma’lumot uchun, ishlab chiquvchilar shu yil oxirigacha chiqarilishi mumkin bo‘lgan vaksinalarni tayyorlashga shoshilishmoqda. Xususan, Oksford universiteti olimlari vaksinani kuzgacha ishlab chiqarish mumkinligini aytishgan. Xitoy olimlari ham vaksinani maxsus odamlar uchun sentyabrda qo‘llash mumkinligini aytdi. Shuningdek, AQSH yetakchi mutaxassisi mamlakatda vaksina yil oxirigacha millionlab dozada ishlab chiqarilishini e’lon qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan bog‘liq 3 401 190 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 1 081 639 nafari sog‘aygan, 239 604 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 2 079 947 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Pandemiya

Baholaganlar

176

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing