Ikki o‘zbekistonlik bokschi IBA boks kechasida ringga ko‘tarildi
Sport
−
19 aprel 3769 1 daqiqa
Kecha, 18 aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk shahrida IBA.Pro 2 professional boks turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu kechada ikki o‘zbekistonlik profbokschi Saidjamshid Jafarov va Madiyar Madrahimov jang qildi.
Super yarim o‘rta vazn toifasi vakillari o‘zbekistonlik Saidjamshid Jafarov rossiyalik Sergey Lubkovich ringga chiqdi. Jang to‘liq 6 raund davom etdi va yakunda Jafarovning qo‘li baland ko‘tarildi.
Ushbu kechada og‘ir vazn toifasida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Madiyar Saidrahimov Rossiya vakili Andrey Stotskiyga qarshi jang qildi. 6 raundlik bellashuv so‘nggi raundda referi tomonidan to‘xtatildi. Madiyar jangda texnik nokaut hisobiga muddatidan oldin zafar quchdi.
Ma’lumot o‘rnida, bu Jafarovning professional faoliyati davomidagi 6-jangida qo‘lga kiritgan 5-g‘alabasi bo‘ldi. Uning hisobida bitta mag‘lubiyat ham mavjud.
Madrahimov esa profboksdagi o‘zining ikkinchi jangida ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, o‘zbekistonlik ikki bokschi Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan WBC gran-prisida ringga ko‘tarilgani haqida xabar berilgan edi.