Yana ikki o‘zbekistonlik bokschi WBC Gran-prisida jang qildi
Sport
−
19 Aprel 2025 4572 1 daqiqa
Kecha, 18 aprel kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o‘tkazilayotgan Butunjahon boks kengashi (WBC) Gran-prisida ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi.
Mujibillo Tursunov 6 raund to‘liq davom etgan jangda JAR bokschisi Maykl Adesodunni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi. Kamronbek Eshmatov esa ukrainalik Danilo Lozanga 6 raundlik jangda ochkolar hisobiga ko‘ra imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur musobaqada qatnashayotgan yana bir O‘zbekiston vakili Ayubxon Baxtiyorov g‘alabaga erishgani xabar qilingandi.
Live
BarchasiTo‘qayev Putinni atoqli davlat arbobi deb atadi
29 Sentyabr