O‘zbekistonlik bokschi IBA “Pro European Champion” kamarini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Kecha, 31 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida boks bo‘yicha navbatdagi IBA “Champions Night” turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu turnirda o‘zbekistonlik bokschi Saidjamshid Jafarov mezbon sportchini mag‘lub etdi va IBA “Pro European Champion” kamariga ega chiqdi .

“Lujniki” majmuasi mezbonlik qilgan ushbu boks oqshomida 71 kg vazn toifasida Saidjamshid Jafarov o‘zining navbatdagi jangini Dmitriy Zaxarovga qarshi o‘tkazdi va 6 raund to‘liq davom etgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi. 

Ma’lumot o‘rnida, Jafarov so‘nggi jangini o‘tgan yilning 30 noyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida tashkil etilgan “RCC Boxing Promotions” promouterlik kompaniyasi turnirida rossiyalik Gor Oganesyanga qarshi o‘tkazgan va o‘shanda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongandi. Mazkur jang havaskor boksda jahon chempionati sovrindori bo‘lgan Saidjamshidning profboksdagi debyut jangi bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Saidjamshid Jafarov IBA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing