Bugun ikki o‘zbekistonlik bokschi profringda jang qiladi
Sport
−
18 aprel
2394Bugun, 18 aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk shahrida IBA Pro 2 professional boks turniri bo‘lib o‘tadi va musobaqada ikki nafar O‘zbekiston vakili ringga ko‘tariladi.
Saidjamshid Jafarov 6 raundlik jangda rossiyalik Sergey Lubkovichga qarshi bahs olib borsa, Madiyor Saidrahimov ham 6 raundlik jangda rossiyalik Andrey Stoskiyga qarshi bahs olib boradi.
Qayd etish joiz, Jafarov ham, Saidrahimov ham hozirga qadar profboksda 1 tadan jang o‘tkazishga ulgurgan va g‘alaba qozongan.
Janglar:
Saidjamshid Jafarov (1-0,) - Sergey Lubkovich (18-0-1);
Madiyor Saidrahimov (1-0) - Andrey Stotskiy (5-0-1).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bugun, 18 aprel kuni yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi WBC Gra-prisida ringga ko‘tarilishi xabar qilingandi.
LiveBarchasi