O‘zbekistonlik bokschi Yevropa chempioni bo‘ldi
Sport
−
11:16 1790 1 daqiqa
O‘zbekiston terma jamoasi safida faoliyat yuritgan buxorolik bokschi Saidjamshid Jafarov Ozarbayjon terma jamoasi tarkibida 2026 yilgi boks bo‘yicha Yevropa chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Caliber” xabar berdi.
75 kg vazn toifasidagi final bahsida Jafarov rossiyalik Ismoil Mutsolgovga qarshi ringga ko‘tarilgan. Uch raund yakunida hakamlar bir ovozdan qaror chiqarib, g‘alabani ozarbayjonlik bokschiga bergan – 5:0.
World Boxing tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan Yevropa chempionati Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida bo‘lib o‘tgan. Jafarov musobaqadagi ishtirokini germaniyalik Muhim Abdulai ustidan 5:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshlagan. Chorak finalda shvetsiyalik Kevin Skottni ham xuddi shu hisobda mag‘lub etgan. Yarim finalda esa angliyalik Kallum Makkinni ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozongan.
Ma’lumot uchun, terma jamoasini almashtirishidan avval Jafarov O‘zbekiston terma jamoasi safida ikki karra Osiyo chempioni bo‘lgan, shuningdek, jahon chempionatlarida kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan.
2026 yilda esa u Ozarbayjon terma jamoasi safida jahon chempionatida ham oltin medalga sazovor bo‘lgan. Jafarov finalda braziliyalik Tauana Silvani 5:0 hisobida mag‘lub etgan.
Live
Barchasi