IJF yil laureatlarini e’lon qildi

Sport

image

Xalqaro dzyudo federatsiyasi 2021 yil yakunlari bo‘yicha eng yaxshilar nomini e’lon qildi.
 
Ko‘pchilikning diqqat-e’tibori yilning eng yaxshi erkak va ayol dzyudochilariga qaratildi. Yakunda eng yaxshi erkak dzyudochi yo‘nalishida joriy yilgi Jahon chempioni va Tokio-2020 kumush medalini qo‘lga kiritgan gruziyalik Lasha Shavdatuashvili (73 kg), ayollar toifasida esa Jahon chempionati sovrindori, Tokio-2020 chempioni kosovolik Distriya Krasniki (42) g‘alaba qozondi. 

E’tiborli tomoni shundaki, o‘zbekistonlik Diyora Keldiyorova “porlayotgan yulduz” yo‘nalishidagi nomzodlar qatoriga kiritilgan edi. Biroq g‘oliblik boshqa bir gruziyalik polvon Ilya Sulamanidzega nasib etdi:

Eng yaxshi erkak dzyudochi: Lasha Shavdatuashvili; 

Eng yaxshi ayol dzyudochi: Distriya Krasniki; 

Yil ipponi: Italiyalik Angelo Pantano (-60 kg) Zagreb Gran-prisida niderlandiyalik Emiyel Yaring ustidan qozongan g‘alabasi;

Yil voqeasi: JCH finalida +78 kg vazn toifasi finalida g‘alaba qozongan yaponiyalik Sara Asaxina jarohat olgan hamyurtini yelkasiga olib tatamidan olib chiqib ketishi;

Porlayotgan yulduz: Ilya Sulamanidze (Gruziya);

Eng yaxshi murabbiy: Driton Kuka (Kosovo);

Dzyudo tinchlik uchun: Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida +78 kg vazn toifasidagi Taxani Al Qahtoni (Saudiya Arabistoni) va Raz Xershko (Isroil) bellashuvi;

Dzyudo bolalar uchun: “Judo kilis” loyihasi;

Jamoat qahramoni: Sabrina Filsmozer (Avstriya).

Eslatib o‘tamiz, Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov Fransiyaning PSJ klubi tarkibida Chexiyaning Praga shahrida o‘tgan Yevropa Ligasida ishtirok etib chempion bo‘lgani haqida xabar bergan edik. 


 


Maqola muallifi

Teglar

Dzyudo IJF Bobonov Lasha Shavdatuashvili Distriya Krasniki

Baholaganlar

2

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing