IIV vakili Jahongir Otajonovga “xurmacha qiliqlari bilan tanilgan” deb ta’rif berdi
Jamiyat
−
23 mart 2022
23868O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov xonanda Jahongir Otajonovga ta’rif berarkan, uni “xurmacha qiliqlari bilan tanilgan” deb atadi. Bundan tashbehni u vazirlik nomidan qilgan videomurojaatida ishlatgan. U so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlardagi holatlar xususida gapira turib, shunday deydi:
"...o‘zini jabrdiyda qilib ko‘rsatib, ijtimoiy tarmoqlarda mavxum voqealar xaqida jar solish orqali, o‘ziga ommani e’tiborini jalb qilishga qaratilgan harakatlar. Masalan, ancha vaqtdan beri o‘zining xurmacha qiliqlari bilan tanilgan Jahongir Otajonovning oxirgi chiqishlari".
G‘iyosovning qayd etishicha, ijtimoiy tarmoqlarda, 14 chidan 15 martga o‘tar kechasi Xorazm viloyatida to‘rt nafar noma’lum shaxslar, Jahongir Otajonovga nisbatan nisbatan zo‘ravonlik ishlatib, no’malum joyga olib borib, u bilan noinsoniy harakatlar sodir etgani, Otajonov o‘z navbatida Urganch shahar ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgani, lekin unga xech kim yordam bermayotgani xaqida videoyozuvlar tarqalmoqda.
“Voqeani xronologiyasini kuzatadigan bo‘lsak, iddao etilayotgan jinoiy holat mart oyining 14 dan 15 ga o‘tar kechasi sodir etilgan bo‘lsa, Otajonov bu xaqda oradan ikki kun o‘tib, 17 mart kuni ichki ishlar organlariga ma’lum qilgan. 16 mart kuni hech narsa bo‘lmagandek Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanidagi to‘y marosimida ishtirok etgan.
Otajonov jinoyat haqida murojaat qilganidan so‘ng ham, unga nisbatan tayinlangan ekspertizalardan to‘liq o‘tmasdan, holatga oydinlik kiritishga yordam berish o‘rniga, 20 mart kuni Toshkent shahriga qaytib kelib, xozirga qadar surishtiruv organlarining talablariga umuman bepisandlik qilib kelmoqda.
Xo‘sh, bu harakatlarni nima deb atash mumkin, ommani e’tibori uchun navbatdagi piarmi, odatiy maynavozchilikmi yoki jinoyat xaqida yolg‘on xabar berishmi?”, deydi Shohruh G‘iyosov.
Eslatib o‘tamiz, Otajonov 2020 yil dekabr oyida san’atdan ketganini e’lon qilgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, u 2020 yilning oktyabr oyida O‘zbekistonda o‘tkaziladigan prezidentlik saylovida nomzodini qo‘ymoqchiligini ommaga ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilik foydalanuvchilar Jahongir Otajonovning prezidentlikka nomzodini qo‘yish to‘g‘risidagi murojaatini hazilga yo‘ydi va “piar” sifatida qabul qildi.
Buning ortidan, u Prezident bo‘lish niyati jiddiy ekanini ta’kidlab, o‘zining shu mavzudagi ikkinchi videomurojaatini qoldirdi. U galdagi murojaatida davlat rahbarining lyuks saroylarda yashashiga qarshi ekanini aytib o‘tdi.
Shuningdek, u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga videomurojaat yo‘llab, unda Prezidentdan o‘zini tuman hokimi qilib tayinlashini so‘radi.
Otajonov aytdi va uzoqqa bormay so‘zidan qaytdi. Kamiga sahnaga ham qaytdi. Bu orada Otajonov endi ortiq siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanmasligini aytib, onasining sharafiga “Onam uchun" deb nomlangan konsert berish niyatida ekanligini ochiqladi. Biroq, ko‘p o‘tmay bu gapidan yana qaytib, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali siyosiy chiqishlar qila boshladi.
LiveBarchasi