IIV “Asalhoney”ning o‘ldirib ketilishi bo‘yicha jamoatchilikka murojaat bilan chiqdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi insta-bloger “Asalhoney”ning vafoti bo‘yicha turli shov-shuvli va asossiz ma’lumotlar tarqatayotgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini ogohlantirdi. Bu haqda vazirlik Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosovning videomurojaatida aytiladi. 

“Oxirgi kunlarda, ijtimoiy tarmoqlar orqali aholimiz o‘rtasida shov-shuv uyg‘otib kelayotgan bir nechta ma’lumotlar tarqayotganligini guvohi bo‘lishimiz mumkin. Masalan, “Asalhoney” nomi bilan tanilgan fuqaro Xo‘jayevaning qotilligiga taalluqli bo‘lgan xabarlar”, deb gap boshlaydi G‘iyosov.

Ma’lumki, kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda "Asalhoney" nomi bilan tanilgan Asal Matyoqubovna Xo‘jayevaning jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. G‘iyosovga ko‘ra, ushbu holat bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda asossiz xulosalar va tekshirilmagan ma’lumotlar tarqatilmoqda. 

“Amaldagi tartibga ko‘ra, voqeaga to‘liq huquqiy baho berilib, aybdorlarning qilmishi sud tomonidan isbotlanmaguncha jamoatchilikka axborot berilmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa, biz, jinoyatga oid turli taxminlar, asossiz xulosalar hamda tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqayotganligini ko‘ryapmiz.

Eslatib o‘taman, tergov organlarining yozma ruxsatisiz, tergovga oid materiallarni tarqatish qonunga zid”, deydi IIV vakili.

Ma’lumot uchun, Asal Xo‘jayevaning murdasi joriy yilning 18 mart kuni soat 10:01 da Yashnobod tumani IIO FMB Navbatchilik qismiga Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 99-uy, 210-xonadonning yotoqxonasida qotillik alomatlari bilan topilgandi.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, Asal Xo‘jayevaning o‘limi qorin old sohasida bir dona sanchilib kiruvchi kesilgan jarohati, bo‘yin chap tomoni sanchib kesilgan jarohati, bosh miya yopiq jarohati, bosh miya yumshoq to‘qimalariga qon quyilishi oqibatida yuz bergani aniqlangan.

Voqea joyi kriminalistika texnika vositalari yordamida ko‘zdan kechirilib, qonga o‘xshash dog‘lardan namunalar, murda kiyimlari, qo‘l barmoq izlari, 1 dona noutbuk, 1 dona fleshka, 4 dona uyali aloqa telefoni, 4 dona bank plastik kartalari daliliy ashyo sifatida olingan. 

Voqea joyiga Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari Ikrom Narimov, shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Tursunov, Yashnobod tumani prokurori A.Donayev, shahar IIBB va tuman IIO FMB rahbariyati hamda tezkor tergov guruhi a’zolari yetib borgan.

Ayni vaqtda Asal Xo‘jayevani o‘ldirishda gumonlangan shaxs qo‘lga olingan. Bosh prokuraturaga ko‘ra, “Asalhoney” qotilligida 1997 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan shaxs gumonlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Asalhoney

Baholaganlar

1895

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing